Mirziyoyev BAAga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
15 may 2022
10882Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari 13 may kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgan Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat Prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
LiveBarchasi