Mirziyoyev Abu-Dabi valiahd shahzodasini 60 yoshni qarshilagani bilan tabrikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Al-Nahayonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi valiahdini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, do‘st Amirliklar xalqiga farovonlik, muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

2019 yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.

Energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, moliya, infratuzilma yo‘nalishlarida yirik qo‘shma loyihalarni, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi qator muhim dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish muhim ekan ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Ma’lumot uchun,  Shayx Muhammad bin Zoid Al-Nahayon 1961 yil 11 mart kuni tavallud topgan. U bu yil 60 yoshni qarshiladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-BAA

Baholaganlar

6

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing