Dubay O‘zbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi

Jamiyat

image

Dubay amirligi hukumati O‘zbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlar taqdim etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.  

Dubay Amirligi hukumati tomonidan taydiq etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning umumiy qiymati 723 million so‘mga tengligi aytilmoqda. 

Ular orasida o‘pkani doimiy ijobiy bosim bilan sun’iy shamollatish rejimi uchun maxsus  niqoblar, tibbiy muolajalarda qo‘llanadigan Enoksaparin natriy va Sefoson eritmalari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga 8 tonnadan ortiq bo‘lgan insonparvarlik yordamini yuborgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dubay O'zbekiston-BAA

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing