Mirziyoyev avgustda yana bir sammitda qatnashadi
Jamiyat
−
27 iyul 2023
7617Joriy yilning avgust oyida Turkmaniston poytaxti Ashxobodda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 26 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tojikiston va turkmanistonlik hamkasblari Sirojiddin Muhriddin hamda Rashid Mamedov bilan videokonferensaloqa shaklida muzokara o‘tkazgan. Unda avgust oyida Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.
Vazirlar bo‘lajak yig‘ilishning dasturi loyihasi, kun tartibi, shuningdek, sammitning yakuniy hujjati loyihasini muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyin ilk bor “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda qatnashish uchun joriy yilning 18 iyulida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.