Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi
Jamiyat
−
10 Oktabr
5236O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarini aeroportda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Asosiy tadbirlar ertaga, 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston yetakchisi turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan " Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi" xalqaro forumining yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.
Shavkat Mirziyoyev tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, ertaga, 11 oktyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonlar va sivilizatsiyalar o‘zaro aloqasi – tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Anjumanda 10 dan ortiq davlat Prezidentlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TYURKSOY), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va UNESCO rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari ham ishtirok etishini ma’lum qilingandi. Shuningdek, mazkur tadbir doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashib, Yaqin Sharqdagi keskin yomonlashgan vaziyatni muhokama qilishi xabar qilingandi. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 10 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga bordi.
LiveBarchasi
06 noyabr