Mirziyoyev Ashxobodda medal bilan taqdirlandi
Jamiyat
−
12 Oktabr
3122Kecha, 11 oktyabr kuni shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro forum yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga "Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi" esdalik medalini tantanali ravishda topshirdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Ashxobod shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Aeroportda Mirziyoyevni Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston Prezidenti Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda uning merosi xalqlar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro anglashuv rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida o‘tgan tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Osif Ali Zardariy, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Armaniston Respublikasi Prezidenti Vaagn Xachaturyan, xorijiy davlatlar parlamentlari rahbarlari va yuqori martabali vakillari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar boshliqlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Prezident Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
LiveBarchasi