Mirziyoyev Anqaraga yetib bordi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan tashrif bilan Anqara shahriga bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Esenbog‘a xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Turkiya hukumati vakillari va Anqara muzofoti rahbariyati kutib oldi.

Davlat rahbari Turkiya Prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning bugun, 3 iyun kuni Anqaradagi prezidentlik majmuasida bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimida 21 davlat rahbari va 13 Bosh vazir, shuningdek, ko‘plab vazirlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, Turk davlatlari tashkiloti, NATO va Islom hamkorlik tashkiloti vakillari ishtirok etishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing