Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
17 Sentabr
3871O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan 17 sentyabr kuni tongda ikkinchi “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
Shuningdek, yetakchilar Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
LiveBarchasi