Mirziyoyev Aliyev va Putinga hamdardlik yo‘lladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 dekabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yo‘llari"ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Davlat rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon aviakompaniyasining Baku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragani xabar qilingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan samolyot bortida 67 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qozog‘iston FVVga ko‘ra, 32 nafar yo‘lovchi omon qolgan va ular shifoxonaga yetkazilgan. Samolyot yo‘lovchilaridan 37 kishi Ozarbayjon, 16 kishi Rossiya, 6 kishi Qozog‘iston va 3 kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan. Omon qolganlar orasida 14 nafar Ozarbayjon fuqarosi, 10 nafar Rossiya fuqarosi, 2 nafar Qirg‘iziston fuqarosi bor. Uch nafar jarohatlangan shaxsning fuqaroligi hozircha aniqlanmagan. Samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida rul boshqaruvi yo‘qolgan va Atrau shahri aeroportiga favqulodda qo‘nishi zarur bo‘lgan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ushbu aviahalokat munosabati bilan MDHning norasmiy sammitidan Bakuga qaytishini ma’lum qildi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, barcha jabrlanganlarga tezroq shifo topishini tilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin Ilhom Aliev samolyot Oqtou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing