Mirziyoyev AQSHga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun bugun, 20 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, davlat rahbari Bosh Assambleya yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq so‘zlaydi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, qator xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Shuningdek, sammit doirasida nufuzli xalqaro moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar, AQSHning yetakchi kompaniyalari va investitsiya tuzilmalari ishtirokida tadbirlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing