Mirziyoyev 6 mamlakat rahbarini geosiyosiy ziddiyatlarga qarshi birlashishga chaqirdi

Jamiyat

image

Bugungi kunda Turkiy davlatlar keskin geosiyosiy ziddiyatlar, global iqtisodiy inqiroz va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari bilan bog‘liq murakkab sinovlarni boshidan kechirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari sammitidagi nutqida so‘z ochdi. 

“Shu sababli hozirgi tahlikali vaziyatda eng dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha davlatlarimiz umumiy yondashuvlarni belgilab olishi, sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirishi nihoyatda muhimdir.

Biz har qanday qiyinchiliklarni do‘stlik, hamkorlik va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash orqali yengib o‘tishga qodirmiz”, deydi Mirziyoyev. 

Davlat rahbari so‘nggi bir yil davomida Tashkilotga Turkiyaning raisligi chog‘ida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilgani, o‘zaro hamkorlik yanada faollashganini alohida e’tirof etdi. 

“O‘zbekiston ham o‘z raisligi davrida “Turkiy dunyo nigohi – 2040” konsepsiyasi hamda bugun qabul qilinayotgan “Turkiy davlatlar tashkilotining besh yillik strategiyasi”ni samarali amalga oshirish, 170 milliondan ortiq aholi yashaydigan ulkan mintaqani o‘z ichiga olgan Tashkilotimiz nufuzini yanada mustahkamlash, va eng asosiysi – tarixi, tili va madaniyati mushtarak bo‘lgan qardosh xalqlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yuksak pog‘onaga olib chiqish niyatidamiz”, O‘zbekiston rahbari.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qilayotgan yig‘ilishda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, kuzatuvchi mamlakat Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban sammitning faxriy mehmoni – Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Bag‘dod Amreyev ishtirok etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

129

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing