Mirziyoyev 4 ta tumanga soliq imtiyozi berishni taklif qildi
Jamiyat
−
02 iyun 2021
6449Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga safari davom etmoqda. Termiz shahrida Surxondaryo viloyati mahalliy kengash deputatlari, tadbirkor va fermerlar, nuroniylar, yoshlar, jamoatchilik faollari va Prezident ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlari rivojiga turtki berish maqsadida ushbu tumanlarda yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlarini yer, mol-mulk, kichik korxona aylanmasidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod qilishni taklif qildi.
Xabarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida 2021–2022 yillarda umumiy qiymati 16 trillion 900 milliard so‘m bo‘lgan 1 ming 177 ta hududiy investitsiya loyihalari amalga oshirilishi qayd etildi. Ularning natijasida 25 mingta yangi ish o‘rni tashkil etish mo‘ljallangan.
“Viloyatda qurilish materiallari, yengil, charm, oziq-ovqat, elektrotexnika, mahalliy sanoat kabi “drayver” sohalarni jadal rivojlantirish va yangi loyihalarni ko‘paytirish zarur”, deydi Prezident.
Shu maqsadda, qurilish materiallarini eksport qilishda transport xarajatlari va kredit foizlarini qisman qoplab berish, import o‘rnini bosuvchi maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi mahalliy sanoat korxonalariga xomashyo va yarim fabrikatlarni import qilishda imtiyozlar berish bo‘yicha takliflar bildirildi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023