Mirziyoyev 2 karra Paralimpiada chempionini shaxsan tabrikladi (video)

Olam

image

Bugun, 3 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida yadro uloqtirish bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi Bobur Omonov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Mirziyoyev Bobur Omonovni ikki karra paralimpiya chempionidek sharafli nomga sazovor bo‘lgani hamda 2021 yilda o‘zi o‘rnatgan Paralimpiada rekordini yangilagani bilan dildan qutlab, ushbu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini qayd etdi. Bu galgi o‘yinlarda ham yuksak mahoratini yana bir bor tasdiqlash yo‘lida unga ko‘makdosh bo‘lgan murabbiylari va yaqinlariga rahmat aytdi.

Chempion o‘zbek xalqi ishonchini oqlaganidan xursandligini bildirib, terma jamoaning, shu jumladan o‘zining muvaffaqiyatli chiqishlari O‘zbekistonda Prezident rahbarligida sportga qaratilayotgan alohida e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar tufayli ekanini ta’kidladi.

Fursatdan foydalanib, Prezident kecha sovrindor bo‘lgan sportchilarni tabriklab, bugungi bellashuvlarda qatnashadiganlarga omad tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Bobur Omonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing