Mirziyoyev Hindiston Prezidenti va Bosh vazirini tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modini ushbu mamlakat mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

Qutlovlarda, jumladan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Hindiston strategik sherikligi barcha ustuvor sohalarda izchil kengayib borayotgani qayd etilib, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan  hamkorligimiz kelgusida ham do‘st xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida taraqqiy etib borishiga ishonch bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston xalqiga tinchlik, ravnaq va farovonlik tilagan.

Ma’lumot uchun, Hindiston 1947 yil 15 avgustda Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan. Bu yil mamlakat mustaqilligining 75 yilligini nishonlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing