Mirziyoyev ham tojikistonlik 5 nafar san’atkorni taqdirladi
Jamiyat
−
18 aprel
13888Bugun, 18 aprel kuni Dushanbeda joylashgan "Qasri Millat" saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham tojikistonlik 5 nafar madaniyat va san’at xodimlarini "O‘zbekiston xalq artisti" unvoni bilan taqdirladi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Farmoni bilan Tojikiston Respublikasining bir guruh madaniyat va san’at xodimlari – Mirali Do‘stizoda, Ismoil Nazriyev, Furqat Saidov, To‘lqin Tojiboyev va Rahmatullo Hoshimov qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning farmoni bilan O‘zbekistonning 4 san’atkori “Tojikiston xalq hofizi” unvonini olgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi