Mirziyoyev ham ikki rossiyalik san’atkorni mukofotladi
Madaniyat-san’at
−
18 noyabr
14788O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasining xalq artistlari Sergey Bezrukov va Andris Liyepani O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi. Tegishli farmon bugun, 18 noyabr kuni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Sergey Vitalevich Bezrukov Moskva drama teatri badiiy rahbari, teatr va kino aktyori bo‘lsa, Andris Marisovich Liyepa esa balet artisti, rejissyor sanaladi.
Bildirilishicha, ular O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik, ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, xalqlarimizning an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari, o‘zining yorqin va betakror iste’dodi, xususan, kino va teatr yo‘nalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va san’at sohalarida hamkorlikni kengaytirish, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va boyitishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham bugun, 18 noyabr kuni O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.