Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda Ozarbayjon Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Shahin Mustafoyev ma’lum qilgan.

 

Ozarbayjonlik vazir tez orada Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilayotgani haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev bilan uchrashuvda aytgan.

 

Bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev o‘z navbatdagi ushbu ma’lumotni tasdiqlab, ayni damda oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rilayotganini qayd etgan. Biroq tez kunda deb aytilayotgan tashrifning aniq sanasi ma’lum emas. 

 

Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev qardosh o‘lkalardan Turkiya safariga hozirlik ko‘rmoqda. Tashrif aprel oyiga mo‘ljallangan. 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ShavkatMirziyoev O'zbekiston-Ozarbayjon

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing