Mirzayevning qo‘ylarni so‘yishga buyurgani aytilgan video bo‘yicha prokuratura tekshiruv boshladi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev g‘alla dalasini payhon qilgan qo‘ylarni so‘yishga buyurgani aytilgan video tarqaldi. Videoda 21 ta qo‘y dalani payhon qilgani, shu sababdan viloyat hokimi 2 ta qo‘yni so‘yib, odamlarga tarqatishni buyurgani aytilgan.

Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati mazkur holatga munosabat bildirib, Zoyir Mirzayev bunday ko‘rsatma bermaganini ma’lum qildi.

Bugun, 3 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati  prokuraturasi tarqalgan videoga munosabat bildirib, o‘rganish ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

Mazkur videolavhadagi shaxslar viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i Akrom Aripov, Nishon tumani IIB boshlig‘i Dilshod Umarov, Ibn Sino hududidagi “Otamurod ota” fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Bobonazarov hamda dalani payhon qilgan 21 bosh qo‘y egasi Abdurashid Azamatov bo‘lgan.

Mazkur holat Nishon tumani prokuraturasining ro‘yxatiga olinib, tegishli tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tarqatilgan vediolavhaning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilmoqda.

“O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilinishi uchun viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi  bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev Qashqadaryo

Baholaganlar

403

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing