Mirzamatov chempionlik jangida qatnashadi

Sport

image

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash jangchisi Shohasan Mirzamatov Octagon ligasi kamari uchun jang qiladi. Bu haqda liga o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi. 

Kamar uchun Mirzamatov qozog‘istonlik Georgiy Kichigin bilan to‘qnashadi. Mirzamatov-Kichigin jangi Octagon 54 turniri doirasida o‘tkaziladi. 

Mirzamartov oxirgi jangini Octagon 51 turniri doirasida braziliyalik Nilson Gomesga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval zafar quchgandi. Undan avval esa, o‘zbekistonlik jangchi MPL 8'da rossiyalik Hamzat Chapanovga qarshi oktagonga chiqib, hakamlarning qaroriga ko‘ra, texnik mag‘lubiyatga uchragan. 

Ma’lumot uchun, Shohasan Mirzamatov faoliyati davomida jami 14 ta jangda qatnashib, ularning 11 tasida qo‘li baland kelgan va 3 marta mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shohasan Mirzamatov Nil'son Gomes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing