Yunusobodda ko‘p yillik daraxtlar kesib ketildi
Jamiyat
−
14 iyun 2019
5850Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani 12-mavzedagi 25-uyning orqa tomonida ko‘p yillik daraxtlar noqonuniy ravishda kesilib, yuk mashinalariga ortib ketilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Toshkent shahar hokimligi va shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan ushbu holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, bu yerdagi daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgan. Bu ishni amalga oshirgan davlat raqami 01/ G 365 HA bo‘lgan avtotransport egasi voqea joyidan zudlik bilan g‘oyib bo‘lgan. Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi qidiruv bo‘limi tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida avtotrasport vositasi ushlanib, vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qonunbuzarlik fuqaro Z.Soliyev tomonidan amalga oshirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qaroriga asosan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr