Miroboddagi “novostroyka”da yonğin çiqdi
3-sahifa
−
08:32 381 1 daqiqa
Keça, 31 oktyabr kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi qurilayotgan binoda yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, soat 23:31 da Toşkent şahar Mirobod tumani, Avliyo ota köçasida joylaşgan yangi qurilayotgan binoning apalupka qismi yonayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Xabarga köra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yonğin soat 01:05 da qurşab olingan va soat 01:44 da öçirilgan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar töğrisida xabar kelib tuşmagan. Hozirda yonğin sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi kafeda yonğin sodir bölgan edi.
Live
Barchasi