Uçtepadagi yonğin: ayolning ölimi – baxtsiz hodisami yoki jinoyat?

Tahlil

−

Reklama
0:00

Uçtepadagi xonadonda bir kişi tiriklayin yonib ketdi. Joriy yilning, 24 oktyabr kuni  soat 01:33 da Toşkent şahar FVBBga Uçtepa tumani, Yusuf Sakkokiy köçasida joylaşgan turarjoy majmuasidagi xonadonlardan birida yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Xabar asosida yonğin-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, alanga soat 01:52 da bartaraf etilgan.

Yonğin oqibatida xonadonning uy jihozlari zararlangan. Voqea joyida bir nafar fuqaroning jasadi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tegişli organlar tomonidan jinoyat işi qözğatilib, hodisa sabablari va boşqa tafsilotlarni aniqlaş böyiça tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Tarmoqlarda tarqalgan videoda, yonğin qutqaruv ekipajlari köp qavatli uy atrofida tartibsiz qöyilganligi sababli voqeaga joyiga tezkor yetib borişda qiyinçiliklarga duç kelganini aks etgan.   Foydalanuvçilar esa köp qavatli uy egalarining xonadonlariga avtoturargoh toğri joylaştirilmaganidan şikoyat qilmoqda.

Oçiq manbalarga köra, yonğin Uçtepa tumanidagi “O‘rikzor Residence” majmuasining 13-uyida sodir bölgan. Majmua 2018 yil 12 iyunda röyxatdan ötgan “Land House” MÇJ tomonidan qurilgan.

Özbekistonda amaldagi Şaharsozlik kodeksida quruvçilar uçun köp qavatli uylar bilan birga avtoturargoh quriş majburiyati belgilanmagan. 2025-yilgi davlat dasturi loyihasida yerosti va yerusti avtoturargohlarini nazarda tutuvçi talablarni işlab çiqiş taklif etilgan, biroq bu masala hozir kun tartibida emas. 2023-yilgi davlat dasturida ham şunday majburiyatni joriy etiş közda tutilgan, ammo Şaharsozlik kodeksiga tegişli özgartirişlar kiritilmagan.

Şu bilan birga, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirining joriy yil aprelidagi buyruğiga köra, köp qavatli uylarning kiriş yölaklari qarşisida va kirişga tösqinlik qiladigan joylarda avtomobil qöyiş taqiqlangan. Bu çeklov öt öçiriş, tez yordam va boşqa favqulodda xizmatlar maşinalarining xizmat faoliyatiga tatbiq etilmaydi.

Xullas, yonğin vaqtida qutqaruvçilar işini qiyinlaştirgan, avtomobillar bilan tölib qolgan yölaklar quriliş kompaniyalari tomonidan avtoturargohlar taşkil etiş masalasini yana kun tartibiga olib çiqdi. Eng qiziği, amaldagi qonunçilikda ham quruvçilar uçun avtoturargoh quriş majburiyati belgilanmagan. Oqibatda esa avtoturargohlar yetişmasligi va yölaklarning tösib qöyilişi favqulodda vaziyatlarda inson hayotiga ham zomin bölmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing