Prezident korteji YTHga uchradi
Olam
−
24 fevral 2019
59581Joriy yilning 22 fevral kuni Moldova prezidenti Igor Dodonning korteji yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Men ishchi tashrif bilan tumanlarning biriga ketayotgandim. Qarama-qarshi tarafdan yengil avtomobil chiqib, kuzatib kelayotgan avtomobilga urildi. Hech kim jablanmadi, biz yo‘lda davom etdik”, degan prezident Dodon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu halokat 2018 yil 9 sentyabrda yuz bergan YTHni eslatib yuboradi. O‘shanda yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘lga chiqib,prezident va uning qo‘riqchilari avtomobiliga urilgandi. Prezident u bilan birga bo‘lgan onasi, o‘g‘li va qo‘riqchilari jarohat olgandi. Dodon haydovchiga nisbatan e’tirozi yo‘qligini bildirgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bundan avvalroq Dodon unga suiqasd tayyorlanayotgani haqida anonim maktub olgan. Maktubda Moldova demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Plaxotnyuk parlament saylovlaridan keyin prezidentni o‘ldirishni rejalashtirayotgani aytilgan. Maktub so‘ngida Dodonni “Moldovaning Jon Kennedisi”ga aylantirilishi aytib o‘tilgan (AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda otib o‘ldirilgan).
Ma’lumot uchun, Moldovada parlament saylovlari bugun, 24 fevralda bo‘lib o‘tadi. U ilk bor aralash saylov tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr