Mintaqamizni qonga va ko‘z yoshlariga botishiga yo‘l qo‘ymaymiz – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mintaqada yoqilg‘i-energetika uchun ustunlikni talashish va buning ortidan urush sahnalashtirilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Turk oqimi” gaz quvurini ishga tushirish marosimida gapirgan. 

“Ko‘rib turibsizki, so‘nggi vaqtlarda mintaqiy hodisalar nuqtai nazaridan o‘ta og‘ir kunlarni boshdan kechiryapmiz. Hamkorimiz AQSH va qo‘shnimiz Eron o‘rtasida bir muddatdan buyon davom etib kelayotgan nizo biz o‘ylab ham ko‘rmagan darajaga yetdi. Turkiya o‘laroq,  na Suriya, na Iroq, na Livan va na dengiz yo‘li orqali energetika savdosining 30 foizdan ko‘prog‘ini qamrab olgan Ko‘rfaz mintaqasida o‘zaro ustunlik urushlarining sahnalashtirilishiga qarshimiz”, deydi Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbari so‘zida davom etarkan, Iroq allaqachon notinch ekani va barqarorlikni butkul yo‘qotish xavfi bilan yuzma-yuz turganini urg‘uladi. U bu haqda gapirarkan, “Iroqlik turkmanlarning qutqarilishi biz uchun fuqarolarimiz xavfsizligi kabi muhimdir”, deydi. U so‘zida davom etib, arab, turkman, kurd, shia va sunniysi bilan umum Iroq xalqi Turkiyaning do‘sti ekanini ta’kidladi. 

“Urush kechayotgan ushbu muhim jarayonda biz diplomatiyaning barcha usullarini qo‘llab, keskinlikni kamaytirishga harakat qilyapmiz. Bu masalada so‘nggi bir hafta ichida ko‘plab rasmiylar bilan telefon orqali muloqot qildik. Ayni vaqtda Tashqi ishlar vazirimiz ham muzokaralarni davom ettirmoqda. Niyatimiz keskinlikka barham berib,  vaziyatga ongli boshqarishdir”. 

Uning fikricha so‘nggi 20 yilda davom etib kelayotgan mojarolar sabab mintaqa og‘ir ahvolga kelib qolgan. Farqli kuchlar o‘rtasida davom etgan urushlarning badalini Iroqdan tortib Suriyaning millionlab xalqi to‘lamoqda. Asrlar davomida tinchlik va osoyishtalik zamini bo‘lgan Islom madaniyati sivilizatsiyasining qadimiy shaharlari xarobaga aylandi. 

“Mintaqamizda yangi badallar to‘lashga hech kimning majoli qolmadi. Hech kimning o‘z manfaati yo‘lida Iroqdan boshlab, butun mintaqani yangi olov o‘chog‘iga tashlashga haqqi yo‘q. Barcha taraflar bilan muloqotga kirisha oladigan mamlakat o‘laroq diplomatik faoliyatimizni ko‘p qirrali tarzda davom ettiramiz. Biz barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, mintaqamizni qonga va ko‘z yoshlariga botishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deydi Erdo‘g‘an so‘zlarini yakunlab. 

Eslatib o‘tamiz, Rajab Toyib Erdo‘g‘an ushbu nutqida Turkiyaning bundan keyingi eng yaqin do‘sti va hamkori Rossiya va rus xalqi ekanini ta’kidlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing