Minskda Lukashenkoga qarshi namoyishda 300 dan ortiq odam hibsga olindi (fotoreportaj)

Olam

image

Bugun, 6 dekabr kuni Belarus poytaxti Minskda Hukumat va Prezident Aleksandr Lukashenko boshqaruviga qarshi navbatdagi namoyish bo‘lib o‘tdi.

Namoyishlarda 300 dan ortiq odam ruxsatsiz miting o‘tkazgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Minsk shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi qonuniylik va tartibni muhofaza qilish va jamoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Kupchenya ma’lum qildi.

“Minsk hududida ommaviy tartibsizliklar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgani uchun 300 dan ortiq fuqaro qo‘lga olindi. Ularga nisbatan Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning 23.34 moddasi bilan ma’muriy ish ochildi”, degan Kupchenya.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilgandi. Rasmiy natijaga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ammo belaruslar bu natijani qabul qilishni xohlamay, namoyishga chiqdi. Saylovdan keyin bir oy davomida har kuni tinch norozilik namoyishi uyushtirildi. Ammo Hukumat politsiya va OMON guruhini ishga solib, mitinglarni tarqatishga urindi. Yuzlab odamlar qo‘lga olindi.

Oktyabr oyidan boshlab haftaning oxirida namoyish uyushtiriladigan bo‘ldi va bu hozirgacha davom etyapti.

Saylovda Lukashenkoga raqiblik qilgan muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Belarusni tark etib, Litvadan panoh topdi. U hamon aholini Lukashenkoga qarshi namoyishlar uyushtirishga chaqirib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

74

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing