Baxtiyor Saidov Lukashenkoga Mirziyoyevning salomini yetkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 11 aprel kuni Minskda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Bu haqda “Belta” xabar berdi

Lukashenko Toshkentga yaqinda amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston tomoni ko‘rsatgan mehmondo‘stlik uchun Baxtiyor Saidovga minnatdorlik bildirdi, shuningdek, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga o‘zining ezgu tilaklari va minnatdorliklarini yetkazdi.

“O‘shanda biz o‘z oldimizga ulkan rejalar qo‘ygan edik – milliard dollarlik tovar ayirboshlash hajmiga erishish. O‘ylaymanki, bizning hech qayoqqa chekinishga vaqtimiz yo‘q va bunga hojat ham yo‘q. Biz o‘z rolimizni bajarishga tayyormiz, umid qilamanki, O‘zbekiston ham bor kuchini ishga soladi”, degan Aleksandr Lukashenko.

Lukashenko O‘zbekistonga Belarusni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida qo‘llab-quvvatlayotgani uchun ham minnatdorlik bildirdi.

“Biz kelishib olgan qo‘shma korxonalarni yaratishga alohida e’tibor qaratishingizni so‘rayman. O‘shanda BelAZ va boshqalar haqida gaplashgan edik. Shu yo‘nalishda jiddiy ishlaylik. Biz bundan manfaatdormiz. O‘zbekistonga taklif qiladigan narsamiz bor. Belorusdaligingizda ayrim korxonalarimizni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, istalgan vaqtda istalgan korxonaga tashrif uyushtiramiz, toki siz uning mahsulotlari O‘zbekistonda foydalanishga yaroqliligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin”, degan Lukashenko.

O‘z navbatida, Baxtiyor Saidov Prezident Mirziyoyevning Aleksandr Lukashenkoga salomini yetkazdi. 

“U alohida e’tiborimni qaratdi va "Do‘stimga eng yaxshi tilaklarimni yetkazing", dedi. Tabiiyki, O‘zbekistonga qilgan tashrifingiz tarixiy tashrifdir”, degan TIV rahbari Lukashenko bilan uchrashuvda.

Saidovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Belarus bilan munosabatlarni barcha sohalarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Lukashenko O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif doirasida rasmiy uchrashuvlar bo‘lgani va 10 dan ortiq hujjatlar imzolanganidan tashqari Lukashenko Mirziyoyev bilan birga hokkey o‘yinini tomosha qilishga va tog‘da chang‘i uchishga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Belarus' Aleksandr Lukashenko Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing