Rossiya rasmiylariga O‘zbekiston va Belarusga chiqishga taqiq qo‘yilyapti – OAV
Olam
−
19 aprel
27423Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xorijiy davlatlar mamlakat sirlariga kirishga urinishlari mumkinligidan qo‘rqib, Rossiya rasmiylari uchun chet elga chiqish qoidalari kuchaytirildi. Bu haqda to‘qqizta manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, bu cheklovlar biroz tartibsiz bo‘lib, qoidalar xavfsizlikni rasmiylashtirish darajasiga qarab o‘zgaradi.
“Reuters”ning qayd etishicha, FXX ba’zi amaldorlarga hatto “do‘stona” mamlakatlarga ham tashrif buyurishni taqiqlamoqchi.
“Siz, umuman, hech qayerga, hattoki O‘zbekiston yoki Belarusga may bayramlarida ham bora olmaysiz. Ruxsatingiz bo‘lsagina borishingiz mumkin”, deydi manbalardan biri.
Agentlik suhbatdoshlarining ma’lum qilishicha, cheklovlarning kuchaytirilishiga asosiy sabab rossiyalik amaldorlar chet elga chiqayotganda milliy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ma’lumotlarni berishga majbur bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqish bo‘lgan.
Shuningdek, FXX ba’zi davlat xizmatchilari hibsga olinishi va keyin G‘arb davlatlaridan biriga ekstraditsiya qilinishi yoki sirlarni oshkor qilish bilan bog‘liq kelishuv taklif qilinishi mumkin deb hisoblaydi.
Manbalardan birining aytishicha, cheklovlarni kuchaytirishning yana bir sababi Sevastopol sobiq gubernatori Dmitriy Ovsyannikovning 2024 yil yanvarida Londonda hibsga olinishidir.
“Reuters” agentligining Rossiya parlamentidagi manbasi, shuningdek, Davlat Dumasi deputatlarining xorijga chiqishlari taqiqlangani va ularning sayohat qilish haqidagi iltimoslari rad etilganini aytdi.
Boshqa bir manbaga ko‘ra, Moliya vazirligi xodimlariga xorijga chiqish taqiqlangan, bundan faqat ish safari uchun chiqish mustasno.
LiveBarchasi