Minskda bir necha ming kishilik norozilik aksiyasi o‘tkazilyapti (fotoreportaj)

Olam

photo_2020-11-01_17-07-28

Bugun, 1 noyabr kuni Belarus poytaxti Minskda Prezident Aleksandr Lukashenkoga qarshi odamlar “Dzyadi. Terrorga qarshi yurish” norozilik aksiyasini o‘tkazyapti. Ijtimoiy tarmoqlardagi “Nexta Live” i “Belarus golovnogo mozga” sahifalarida aksiya ishtirokchilari Kuropatinning milliy nekropoliga olib boradigan xotira yo‘li bo‘ylab harakatlanyapti.

Aksiya o‘tkazilishidan xabar topgan Belarus kuch ishlatar tuzilmalari erta tongdan Minskka maxsus texnika olib kelgan. Poytaxtdagi markaziy maydonlar to‘siqlar bilan o‘rab olingan. Shuningdek, Minskda pulemyotlar o‘rnatilgan zirhli mashinalar ham ko‘rilgan.

Belarus. начiнается марш протiв террора Лукашенко, в Minsk заехала военная  texnika: вiдео - новостi Uкраiны, Мiр - LIGA.net

Minsk metrosining bir qancha stansiyalari ham yopilgan. Metro rahbariyati bu holatni “yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash” bilan izohlagan.

Tobuxina bulvaridagi Chelyuskinsev parki va “Luch” zavodi oldida to‘plangan odamlar kolonna xosil qilib, Mustaqilik ko‘chasi bo‘ylab, “Moskovskaya” metrosi tomon harakatni boshlagan. Odamlar ko‘chaning harakat qismidan yurib boryapti. Mahalliy jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, yurishda bir necha ming odam qatnashyapti.

Kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari rdamlarni tarqatish uchun havoga qarata o‘q ham uzgan. Shuningdek, tinch namoyishchilarni kaltalkash holatlari ham kuzatilgan.

Namoyishlar fonida Minskda mobil internet tezligi pasaygani aytildi. MTS vakili bu holatga munosabat bildirib, tegishli davlat idoralari tomonidan milliy xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbir doirasida internet tezligi cheklanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 30 yildan oshqiroq vaqt avval Dzyadi yurishi mustaqil Belarus tarixi tiklanishining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgustdan keyin bir qator namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ularda saylovni qayta o‘tkazish talab qilindi. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.

Lukashenkoning saylovdagi asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya saylovdan bir necha kun o‘tgach, Litvaga ketishga majbur bo‘lgan. U ketgach, oradan ko‘p o‘tmay, muxolifatning boshqa yetakchilari ham Ukrainaga ketdi. Ba’zilar esa hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish Belarus'

Baholaganlar

163

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing