Minorai Kalon yaqinidagi oshxona yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 19 avgustga o‘tar kechasi Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi tarixiy Minorai Kalon imorati yaqinidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 00:45 da Buxoro shahar “Zarafshon” MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli oshxonaning 2-qavatida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 00:49 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 00:53 da o‘rab olingan va 01:50 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida oshxonaning taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom qismi zararlangan. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaatlar kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz bergandi. Yong‘in oqibatida jabrlangan va vafot etganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Buxoro Minorai Kalon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing