“Minor” masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun 21 oktyabr O‘zbekiston musulmonlari idorasida Toshkent shahar imom-xatiblari va imom noiblari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy (Rahmatulloh Sayfuddinov) Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasi ham yuklatildi.

Shu kunga qadar “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Foziljon domla Ubaydullayev Yunusobod tumani Bodomzor dahasidagi “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.

Avvalroq, Toshkent bosh-imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston muftiysi etib saylangani haqida xabar bergan edik. O‘z navbatida, Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

imom-xatib

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing