Minnatmi yo rahmat? Putin Rahmonga Rossiyada tojikistonlik migrantlar borligini eslatib qo‘ydi
Olam
−
21 noyabr 2023
12295Rossiyada yashab, mehnat qilayotgan tojikistonlik mehnat migrantlarining soni 1 milliondan oshdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 21 noyabr kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan o‘tgan uchrashuvlar so‘nggida ma’lum qildi.
“Rossiyada 1 millionga yaqin, hatto biroz ko‘proq Tojikiston fuqarolari yashab, ishlaydi. Ular Rossiya iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadilar va turli sohalarda ishlaydilar. Muhimi, ularning o‘z vataniga yuborayotgan pullari respublika iqtisodiyoti uchun jiddiy yordamdir”, deydi Putin.
Uning qayd etishicha, Rossiya hukumati Rossiyadagi tojikistonliklarning munosib mehnat sharoiti va ijtimoiy himoyasiga ega bo‘lishini ta’minlashga harakat qilmoqda.
Kreml matbuot xizmatiga ko‘ra, mavjud qonunchilikka binoan Tojikiston fuqarolari Rossiya hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan (15 kun) uzoq muddat bo‘lish, shuningdek, uch yilgacha patent olish imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari, Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 35 mingdan ortiq tojikistonlik talabalar va aspirantlar tahsil oladi, ulardan 25,5 mingga yaqini byudjet asosida o‘qimoqda.
LiveBarchasi