“Miniatyura san’ati” UNESCO`ning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Jamiyat

image

Kecha, 16 dekabrda UNESCO`ning Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi XV sessiyasida “Miniatyura san’ati” UNESCO`ning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz madaniy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarini, shuningdek, UNESCO bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Mamlakat dasturini amalga oshirishda, ko‘p millatli “Miniatyura san’ati” elementi insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod bo‘ldi”, degan Abduhakimov.

Nomzodlar to‘plami UNESCO bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Komissiyasi tomonidan Turkiya, Ozarbayjon va Eronning shu kabi tuzilmalari bilan hamkorlikda tayyorlandi

“Miniatyura san’ati”ning UNESCO`ning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani uzoq tarixga ega va O‘zbekistonda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetgan ushbu san’at turining xalqaro e’tirofidir. Tadbirda Kamoliddin Behzod singari ko‘plab yorqin va taniqli rassomlar bilan o‘zbek miniatyura maktabi ko‘p asrlar davomida dunyodagi eng kuchli va eng taniqli maktablardan biri bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

Ushbu sessiyada nomoddiy madaniy merosning 42 milliy va ko‘p millatli elementi bo‘yicha nomzodlar ko‘rib chiqiladi. Sessiyada UNESCO rahbarlari va vakillari, 170 dan ortiq mamlakatning doimiy vakolatxonalari, shuningdek milliy komissiyalar, xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlari delegatlari ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov Miniatyura san'ati

Baholaganlar

3

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing