Minglab muxlislar Messi ovqatlanayotgan restoranni qurshab oldi (video)
Sport
−
22 mart
13162FIFA kunlari doirasida ko‘pgina futbol yulduzlari terma jamoalar ixtiyorida bo‘lib turibdi. Argentina terma jamoasidagi mashg‘ulotdan so‘ng Messi Buenos-Ayresdagi restoranlardan birida oilasi bilan kechki ovqatni o‘tkazishga qaror qildi va bu restoranda yirik olomonning to‘planishiga sabab bo‘ldi.
Minglab muxlislar Argentina terma jamoasi sardorini ko‘rish va u bilan suratga tushish uchun restoranni o‘rab oldi.
Qayd etilishicha, PSJning 35 yoshli hujumchisi Lionel Messi o‘z vatanida Panamaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashishi kutilmoqda.
Argentina – Panama uchrashuvi 24 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi PSJ bosh murabbiyi bilan kelisholmagani bois klub mashg‘ulotlarini erta yakunlagani xabar qilingandi. Leoning Fransiya klubidagi kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.
LiveBarchasi