Milliy Olimpiya qo‘mitasi hisobot berdi
Sport
−
26 iyul 2023 3507 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy matbuot markazida Milliy Olimpiya qo‘mitasining (MOQ) 2023 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida tashkilot bosh kotibi Oybek Qosimov 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va 2-yarim yillikdagi rejalar yuzasidan OAV xodimlariga ma’lumot berdi.
Jumladan, Qosimov Xanchjou-2022 Osiyo hamda Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari va boshqa kompleks musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlik, so‘nggi olti oyda nufuzli xalqaro musobaqalarda o‘zbekistonlik atletlar qayd etgan natijalar, terma jamoalarga yaratib berilayotgan sharoitlar, xalqaro tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilayotgan do‘stona aloqalar haqida to‘xtaldi.

“O‘zbekistonda qurilayotgan yangi sport shaharchasi sport infratuzilmasini yanada kuchayishiga xizmat qiladi. Kompleksdagi 5 ta sport majmuasi eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlanmoqda. Majmualarni bunyod etilishida milliylikka ham e’tibor qaratilgan. Tez orada bevosita o‘zim va OAV ishtirokida Olimpiya shaharchasiga press tur tashkil etamiz”, deydi Oybek Qosimov.
Ma’lumki, 2025 yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Anjumanda ana shu yirik musobaqaga tayyorgarlik jarayonlariga e’tibor qaratildi.
Live
Barchasi