AQSHda futbol matchi fojiali yakunlandi

Olam

−

image

AQSHning Alabama shtatida maktab futbol jamoalari o‘rtasidagi o‘yin fojiali yakunlandi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Otishma kecha, 30 avgust kuni Mobil shahri Ledd-Pibl stadionidagi futbol matchidan keyin yuz bergan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘lgan. Hodisada 15-18 yoshlardagi 10 nafar bola jabrlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Jarohatlanganlarning 5 nafari og‘ir ahvolda.

Politsiya hodisaga aloqadorlikda gumon qilib, ikki kishini qo‘lga olgan. Ularning ismi hozircha aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

88

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing