Milliy xavfsizlik rahbari Qirg‘izistonning keyingi prezidenti bo‘lishi mumkin – ekspert

Olam

image

Yevroosiyo tahliliy klubi rahbari, xalqaro siyosatshunos Nikita Mendkovichning fikricha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonning navbatdagi prezidenti bo‘lishi mumkin. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozgan.

“[Qamchibek] Ko‘lboyev (Kolya Qirg‘iz) o‘ldirilganidan keyin u [Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov] tezda siyosiy ta’sirini yo‘qotmoqda va u o‘z lavozimini erta tark etishi mumkin. Keyingi prezident bo‘lish imkoniyati bor Bosh vazir o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev kuchayib bormoqda. Agar Japarov vaziyat ustidan nazoratni tiklamasa va o‘ziga yangi kuchli tayanch hosil qilmasa, biz Tashiyevning kelajakdagi rejalari va yo‘nalishi haqida o‘ylashimiz kerak”, deb yozadi Nikita Mendkovich.

Ekspertning fikricha, Ko‘lboevning o‘ldirilishi Tashiyev va uning bo‘limiga katta kuch va resurslar o‘tganini anglatadi. 

“Tashiyev tobora ko‘proq kadrlar, iqtisodiy va hatto hayot va o‘limga oid qarorlar qabul qila boshlaydi”, deydi Mendkovich.

Uning prognoziga ko‘ra, yo Tashiyev Japarovning amalda davomchisiga aylanadi yoki Japarov Tashiyevdan “muvozanatga soluvchi” yangi siyosiy tayanch yaratadi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 4 oktyabr kuni Bishkekda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida qonundagi o‘g‘ri Qamchi Ko‘lboyev yo‘q qilingan. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi qurolli qarshilik ko‘rsatgan uyushgan jinoiy guruh rahbari qo‘lga olingani va o‘ldirilgani haqida xabar bergan. Qonun o‘g‘rining yo‘q qilinishi bilan Qirg‘izistonda tozalash boshlandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Qamchi Ko‘lboyevning jinoiy faoliyatiga aloqador yoki unga homiylik qilgan o‘nlab odamlar hibsga olingan.

Umuman olganda, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, davom etayotgan tergov harakatlari davomida uyushgan jinoiy guruhning 40 dan ortiq faol a’zolari va yetakchilari qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing