Milliy gvardiyaning poytaxt boshqarmasiga yangi boshliq keldi

Jamiyat

image

Toshkent shahar bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i Otamurod Ahmedov sog‘lig‘i tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyrug‘i bilan polkovnik Mirzaakbar Madaminovich Madumarov Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tayinlovga qadar polkovnik Madumarov Milliy gvardiya tasarrufidagi Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha brigada komandiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Otamurod Ahmedovning lavozimidan ozod etilishiga 25 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da chet ellik xonanda Jah Khalib’ning konsert dasturi oldidan katta tartibsizlik yuzaga kelgani, soxta chiptalarga chuv tushgan yuzlab fuqarolar va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida kelishmovchilik chiqqani sabab bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing