Milliy gvardiyaga qo‘shimcha vakolat berilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Milliy gvardiya organlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalari bo‘yicha huqubuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqli ekanligi belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

O‘zgartirishlarga muvofiq Milliy gvardiya quyidgi moddalar bo‘yicha huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishi mumkin bo‘ladi:

•    187-moddasining birinchi qismi (Jamoat joylarida alkogol maxsulotini iste’mol qilish);

•    188-modda (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish);

•    188-2-modda (Voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish);

•    192-modda (Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish) bo‘yicha.

Shuningdek, Milliy gvardiya organlarining mansabdor shaxslari MjTKning 61, 183, 184-2, 184-3, 185, 185-1 (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari) 185-2, 185-3, 186-moddalarida, 187-moddaning ikkinchi qismida, 188-1, 188-3, 189, 189-1, 190, 191, 194-1, 195-1, 196 (Milliy gvardiyaga tegishli qismi bo‘yicha) va 210-1-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huqubuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuborishi belgilanmoqda.

Loyiha deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing