Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari IIVga o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan, polkovnik Bekmurod Abdullayev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bu haqda IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar Bekmurod Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Kadrlar bosh boshqarmasi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boshqarmasini o‘z ichiga oladigan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti tashkil etildi.

Avvalroq, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov yangi lavozimga tayinlangani haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Bekmurod Abdullaev

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing