Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari ham lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Inomjon Ibragimov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 28 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Farg‘onada bo‘lib o‘tayotgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Keltirilishicha, Prezident jamoat joylarida tinchlikni ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tgan.

Sherzod Asadovga ko‘ra, Milliy gvardiyaga qo‘shimcha vakolat berilib, park, xiyobon va bozorlarda jamoat tartibini saqlash ushbu tuzilma zimmasiga yuklangan. Ammo bozorlarni “jinoyatdan xoli hudud”ga aylantirish borasida Milliy gvardiyaning faoliyati qoniqarli emasligi ta’kidlangan.

Shu yilning o‘zida Milliy gvardiya mas’ul bo‘lgan hududlardagi 236 ta jinoyatning 86 foizi aynan bozorda sodir etilgan.

Umuman, Milliy gvardiya javobgarligi ostidagi hududlarda jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tizim yaratilmagani ko‘rsatilib, Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Inomjon Ibragimov lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagani uchun Milliy gvardiyaning Jizzax va Surxondaryo viloyatlari boshliqlari hamda Navoiy shahar qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘ini ishdan bo‘shatishga ko‘rsatma berilgan.

Ma’lumot uchun, Inomjon Ibragimov ushbu lavozimga 2021 yil 17 noyabr kuni tayinlangan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Najmiddin Тўрахўжаевни hamda  15 ta tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va 5 nafar tuman prokurorini vazifasidan ozod qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya Inomjon Ibragimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing