Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Sarvar Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Shu munosabat bilan u Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot o‘rnida, Sarvar Mamayusupov 1978 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

U Oliy ma’lumotli: 2000 yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasini tamomlagan.

Xizmat faoliyatini 2000 yilda SHHO tarkibidagi harbiy qism maxsus vazifalar otryadi komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida boshlagan.

2005-2007–yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan.

2007-2020–yillarda Mudofaa vazirligida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2020 yil 13 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya tayinlov

Baholaganlar

402

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing