Milliy gvardiya qo‘mondoniga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda tashkilot Matbuot xizmati xabar berdi.

Polkovnik Adhamjon Raimovich Sormonqulov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha  o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Adhamjon Sormonqulov  Milliy gvardiyaning Toshkent shahridagi brigada komandiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Polkovnik Sarvar Dehqonovich Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sarvar Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya

Baholaganlar

271

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing