Milliy baholash tizimi yaratiladi - XTV

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yangi milliy ta’lim standartlarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda XTV Matbuot xizmati xabar berdi.

"Milliy ta’lim standartlari asosida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, o‘qitish uslublari hamda baholash tizimi yaratiladi. Mazkur jarayonga mahalliy va xorijlik ekspertlar jalb etilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim standartlari loyihalari yil yakuniga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Keyingi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar har bir fan va sinf uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda 2020 yil o‘quv materiallarini tayyorlashdan iborat bo‘ladi.

Yangi standartlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari maktablarda 2021-2022 yillarda aprobatsiyadan o‘tadi va kelasi besh yilda bosqichma-bosqich joriy etib boriladi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing