Milliy aviakompaniya qator samolyotlarini sotuvga qo‘ydi

Jamiyat

image

Ijtimioiy tarmoqlarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi o‘ziga tegishli sakkizta samolyotni sotayotgani ularning ikkitasi Dreamliner ekani haqida xabarlar tarqaldi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirib, ularga aniqlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, samolyotmotor parkini unifikatsiyalash va takomillashtirish doirasida, shuningdek ekspluatatsiya harajatlarini kamaytirish maqsadida, xizmat muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan havo kemalarini sotish taklif etildi.

Quyidagi samolyotlar sotuvga qo‘yilgan:

Il-76TD (5 dona) chiqqan yili 1982-1992; 

Il-114-100 (7 dona) chiqqan yili 1999-2013 va kompleks trenajer KTS Il-114; 

Boeing - 757-200 (2 dona) chiqqan yili 1999;

Boeing - 767-3CBER (2 dona) chiqqan yili 2003- 2004

Boeing - 767 VSF (2 dona) chiqqan yili 1996.

Samolyotlar flotini to‘xtovsiz yangilash zarurati xalqaro tajriba hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, jahonning yetakchi aviakompaniyalari samolyotlardan o‘rtacha 15-20 yil foydalanishadi. Bu esa yo‘lovchilar tomonidan aviakompaniyalar xizmatlarini tanlashida, parvozlarning muntazamligini ta’minlashda va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha harajatlarni kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

MAK ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga to‘xtalib, kompaniyaning Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini sotish rejasi yo‘qligini bildirgan. 

Bundan tashqari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning jahondagi boshqa istagan aviakompaniya kabi, o‘z kredit majburiyatlariga ega ekani ma’lum qilindi. Xozirgi vaqtda kredit majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘la ravishda va o‘z vaqtida amalga oshirilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston havo yo'llari Dreamliner

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing