Millionlab fransuzlar Makronni xiyonatda ayblamoqda 

Jamiyat

image

Fransiyada tartibsizliklar davom etmoqda. 5 dekabr kuni boshlangan hujumlar butun mamlakat bo‘ylab yoyildi.

Fransuz kasaba uyushmalari Makron pensiya islohotini bekor qilinmaguniga qadar norozilik bildirishda davom etishlarini aytdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlarda bir necha million kishi ishtirok etyapti. Noroziliklarda haydovchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar, politsiya xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar va davlat xizmatchilari qatnashmoqda. 

6 dekabr kuni Parijda temir yo‘l harakati to‘xtatilgan. Myetroning 10 va 16-qatorlari to‘liq “blokirovka” qilingan. 

Хаос во Франции: идут столкновения, millionы людей обвинили Мakronа в предательстве (ФОТО) | Русская весна

Tyemir yo‘l ishchilari ham ish tashlashda davom etmoqda. Parijda esa avtobus va metro operatorlari ham dushanba kunigacha ish tashlashda davom etishini e’lon qildi.

"Biz kamida bir hafta davomida norozilik bildiramiz va shu haftaning oxirida hukumat yon berishga majbur bo‘ladi", deydi 50 yoshli parijlik haydovchi Patrik Dos Santos.

Хаос во Франции: идут столкновения, millionы людей обвинили Мakronа в предательстве (ФОТО) | Русская весна

Fransiya Ta’lim vaziri Jan-Mishel Blankerning ta’kidlashicha, keksalarni pensiya bilan doimiy ravishda ta’minlash uchun islohotlar zarur.

"Bizga hech narsa qilmaslik oson. Jim tursak kelajakda bolalarimiz uchun maqbul pensiya tizimi bo‘lmaydi”, dedi Blanker BFM TVga bergan intervyusida.

Хаос во Франции: идут столкновения, millionы людей обвинили Мakronа в предательстве (ФОТО) | Русская весна

Ammo o‘n minglab Parij ko‘chalariga chiqqan namoyishchilar boshqacha fikrda. 5 dekabr kuni rasmiylar Eyfel minorasini va Luvr muzeyining bir qismini berkitishga majbur bo‘lganligi sababli sayyohlik tizimida ham jiddiy tartibsizliklar yuzaga kelgan. 

Fransuzlar 2017 yilda lavozimga tayinlangan va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga va’da bergan Makron oddiy odamlarning huquqlarini buzayotganidan norozi.

Хаос во Франции: идут столкновения, millionы людей обвинили Мakronа в предательстве (ФОТО) | Русская весна

Хаос во Франции: идут столкновения, millionы людей обвинили Мakronа в предательстве (ФОТО) | Русская весна

Makron 40 dan ortiq turli xil rejalarni o‘z ichiga olgan noqulay pensiya tizimini soddalashtirmoqchi. Masalan, temir yo‘l ishchilari va dengizchilar oddiy ishchilarga qaraganda o‘n yil oldin nafaqaga chiqishi mumkin.

Yana bir jihati 64 yoshdan oldin nafaqaga chiqqanlar uchun imtiyozlarni kamaytirish va keyinroq chiqqanlar uchun imtiyozlarni ko‘paytirish ham nazarda tutilgan.

Bularning barchasi butun mamlakat bo‘ylab ijtimoiy noroziliklar to‘lqinini keltirib chiqardi.

Хаос во Франции: идут столкновения, millionы людей обвинили Мakronа в предательстве (ФОТО) | Русская весна

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya Makron

Baholaganlar

91

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing