Betonlangan muzlatkichdan millioner ayolning jasadi topildi

Olam

image

Tailandlik taniqli millioner ayol Vonni Jiraxaroyening jasadi mamlakat shimolidagi Chiangmay shahridagi uyida ustiga beton quyilgan holatda muzlatgich ichidan topilgan. Bu haqda Bangkok Post nashri xabar bermoqda. 

Qurilish sohasida biznes qilgan va xayriya ishlari bilan shug‘ullangan ayol shu yilning 18 oktyabridan beri yaqin qarindoshlari bilan umuman aloqaga chiqmagani aytilmoqda. 58 yoshli Jiraxaroyening qo‘shnilari politsiyachilarni uning uyidan qo‘lansa hid chiqa boshlaganidan keyin chaqirgan.

Keyinchalik politsiya mahkamasi ayolning bankdagi hisobidan katta miqdordagi pullar yechib olingani, uning avtomashinasi va bank kartalarining yo‘qolganini xabar qildi.

Ayolga suiqasd uyushtirganlikda uning o‘limidan keyin sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan sevgilisi gumon qilinmoqda. 39 yoshli gumonlanuvchi Vitun Sitabut hibsga olingan. Uning jinoyatga aloqadorligini guvohlar hamda kuzatuv kameralaridagi videoyozuvlar ham tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vonni Jiraxaroe Tailandda o'ldirilgan

Baholaganlar

720

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing