G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 60 nafarga yetdi
Olam
−
21 noyabr 2023
2916Isroil G‘azoda qatliomni boshlagandan beri halok bo‘lgan jurnalistlar soni 60 nafarga yetdi. Bu haqda Falastinning G‘azodagi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Isroil G‘azo sektorini bombalashni boshlagan kun – 7 oktyabrdan beri 60 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Ularning 4 nafari esa ayollar ekani aytilmoqda.
Ro‘yxatdagi jurnalistlarning ba’zilari bevosita Isroil tomonidan otilgan raketalarga yo‘liqib qurbon bo‘lgan bo‘lsa, aksariyati uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida oilasi bilan birga vayronalar ostida qolib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil-Falastin mojarosi avj olgan 7 oktyabrdan beri blokada ostidagi G‘azo sektorida 38 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi