Milliardlar: O‘zbekiston aholisi suvdan qancha qarzdorligi ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston bo‘yicha suvdan qarzdorlik 674,1 mlrd so‘m. Shuning 555,8 mlrd so‘mi aholi, 118,2 mlrd so‘mi esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

“O‘zsuvta’minot” AJ mutasaddilari ishtirok etgan tadbirda qayd etilishicha, shu yilning birinchi choragida elektron to‘lov tizimlari orqali 39,3 mlrd so‘m kelib tushgan, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (22,8 mlrd so‘m) nisbatan 72 foizga oshgan.

Joriy yil I choragida pul undiruvi 349 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga  nisbatan 122 mlrd so‘m yoki 54 foizga oshgan. Hududiy korxonalar tomonidan 63,5 mlrd so‘m qarzdorlik fuqarolik va iqtisodiy sudlarga taqdim qilingan.

Shuningdek, markazlashgan ichimlik suvi xizmatlari mavjud bo‘lgan 741 ta MFYdagi shartnomasiz ravishda ichimlik suvdan foydalanib kelayotgan 23 343 ta iste’molchi (90 932 aholi) aniqlangan va ular bilan “Suvta’minot” MCHJlar shartnomalar rasmiylashtirishga hamda 7826 mln so‘m undirilishiga erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ichimlik suvi

Baholaganlar

376

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing