Milliarder Fattoh Shodiyev Sirdaryoga 40 milliard mablag‘ ajratdi

Jamiyat

image

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Fattoh Shodiyev Sirdaryodagi bunyodkorlik ishlari uchun 40 milliard so‘m mablag‘ ajratgani ma’lum qilindi.

Shu yilning 9 aprel kuni milliarder tomonidan tashkil etilgan “Shodiyev xalqaro fondi” delegatsiyasi Guliston shahriga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolarini Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev qabul qildi.

Uchrashuvda milliarder Fattoh Shodiyev Sirdaryo viloyati aholisi turmush tarzini yanada yaxshilash, vohada keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari uchun jamg‘arma tomonidan 40 milliard so‘m mablag‘ ajratishga qaror qilganligi bildirildi.

E’tiborlisi, mazkur uchrashuvdan ko‘p o‘tmay, 10 aprel kuni mazkur mablag‘ning qariyb 30 milliard so‘mi viloyatdagi maxsus hisob raqamga kelib tushdi.

Aytish lozimki, ushbu homiylik sarmoyasi “Obod qishloq” dasturi doirasida chekka qishloqlarni obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini, avtomobil yo‘llarini,  oqova suv tizimlarini mukammal ta’mirlashishlariga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, mablag‘ning bir qismi O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Xovos tumanida barpo etilayotgan “Xovos city” qurilish majmuasiga sarflanishi ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, milliarder Fattoh Shodiyev ilk ish faoliyatini Sirdaryo viloyatida boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Milliarder Fattoh Shodiev

Baholaganlar

257

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing