“Men tirikman”. Milliarder Soros mish-mishlarni rad etdi
Olam
−
16 may 2023
7817Amerikalik milliarder Jorj Soros o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi. O‘zining sog‘lom ekanligi haqida u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Yurak xurujiga uchraganim haqidagi mish-mishlar yolg‘on. Men tirikman va sog‘lomman”, deya post qoldirdi Soros.
Ma’lumot uchun, Soros amerikalik treyder, moliyachi, investor va “Soros fondi” asoschisi hisoblanadi. U 1930 yil 12 avgustda Budapeshtda o‘rta daromadli yahudiy oilada tug‘ilgan. Jorj Sorosning moliyaviy sohadagi karerasi 1956 yilda boshlangan. O‘shanda Soros Nyu-Yorkda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va qayta sotish bilan shug‘ullangan. 2019 yil holatiga ko‘ra, Sorosning moliyaviy faoliyatdan tushgan umumiy daromadi taxminan 44 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Soros dunyodagi rangli inqiloblarning asosiy tashkilotchisi va homiysi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bir qator xorijiy OAV Jorj Sorosning yurak xurujidan vafot etgani haqida xabar bergan edi. Milliarder ayni paytda 92 yoshda.
LiveBarchasi